Yulduz Usmonova - Ayting-ayting

Yulduz Usmonova

Ayting-ayting

Ko`zingizda ko`zim qolib ketsin mening,
So`zingizdan so`zim tonib ketsin mening,
Izingizda izim qolib ketsin mening,
Faqat meni boshqalarga almashtirmang!

Dardingizda kuyib ketdim, yo pirim-ey,
Armonlarga to`yib o`tdim, yo pirim-ey,
O`zingdan ham suyib o`tdim, yo pirim-ey,
Faqat meni boshqalarga almashtirmang!
O`zimdan ham suyib o`tdim, yo pirim-ey,
Faqat meni boshqalarga almashtirmang!

Ayting-ayting, sevgimiz hurmati ayting,
Bir bora sevilganman, deb endi ayting.
Sendan boshqasi yo`q, jonginam, deb ayting,
Ayting-ayting, juda baxtliman, deb ayting. (x2)

Ta’rifingiz izlay, toki so`zim tirik,
Fido bo`lib yashagayman, o`zim tirik,
Xiyonatni kechirmaydi, ko`zim tirik,
Faqat meni boshqalarga almashtirmang!
Xiyonatni kechirmaydi, ko`zim tirik,
Faqat meni boshqalarga almashtirmang!

Ayting-ayting, sevgimiz hurmati ayting,
Bir bora sevilganman, deb endi ayting.
Sendan boshqasi yo`q, jonginam, deb ayting,
Ayting-ayting, juda baxtliman, deb ayting. (x2+x2)

Sendan boshqasi yo`q, jonginam, deb ayting,
Ayting-ayting, juda baxtliman, deb ayting.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ayting-ayting
Xonanda:
Yulduz Usmonova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
July 21, 2016