Yulduz Usmonova - Aytinglar

Yulduz Usmonova

Aytinglar

G’irot mingan Go’rog’li
Bobom qani, aytinglar,
Qo’ng’irotlik Alpomish
Og’am qani, aytinglar.

Tustovuqday tovlangan-ey
Olam qani, aytinglar.
Qo’lda kiyik ovlagan-ey
Dalam qani, aytinglar. (x2)

Aytinglar-o, aytinglar,
Malham qani, aytinglar. (x2)
Dardim aytsam, tushungan-ey,
Odam qani, aytinglar. (x2)

Kokillari yer o’pgan
Sanam qani, aytinglar.
Kuyib ketgan jonimga-yey
Malham qani, aytinglar.

Ko’nglim gulday ezilib-o,
Ko’zimga yosh to’lyabdi.
Eh, quyoshga osilib-o,
Botib ketgim kelyabdi. (x2)

Aytinglar-o, aytinglar,
Malham qani, aytinglar. (x2)
Dardim aytsam, tushungan-ey,
Odam qani, aytinglar. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Aytinglar
Xonanda:
Yulduz Usmonova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
July 14, 2015