• Yulduz Usmonova - Ber Allohim qo'shiq matni, lyrics

    Yulduz Usmonova

    Ber, Allohim

    Ta’magirni tortqilab,
    Nafsi qo`ymas, deydilar,
    Nokas o`zi to`ysa ham,
    Ko`zi to`ymas, deydilar.

    Yolg`on dunyo bu dunyo,
    Arzon dunyo bu dunyo,
    Ne-ne hokim, beklardan
    Qolgan dunyo bu dunyo. (x2)

    Orzularim uchtasin,
    Uchtasinmas o`ntasin,
    O`ntasinmas hammasin
    Ber Allohim, ber, ber.

    Uzat deysan, ber deysan,
    Hech qo`ymading odamzod.
    Tuya to`ydi, fil to`ydi,
    Sen to`ymading, odamzod.

    Kiprikdan ham qisqadir
    Mol-u dunyo yo`llari.
    Ibrat bo`lsin Iskandar
    Ochiq ketgan qo`llari! (x2)

    Orzularim uchtasin,
    Uchtasinmas o`ntasin,
    O`ntasinmas hammasin
    Ber Allohim, ber, ber. (x2)

    Shukr qilar hattoki
    Qumursqa-parrandalar.
    Shukr deysan sen qachon,
    Xom sut emgan bandalar?

    Uzat deysan, ber deysan,
    Hech qo`ymading odamzod.
    Tuya to`ydi, fil to`ydi,
    Sen to`ymading, odamzod.

    Orzularim uchtasin,
    Uchtasinmas o`ntasin,
    O`ntasinmas hammasin
    Ber Allohim, ber, ber. (x2)

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.