Boladan so`z ochmang, yuragim kuyar,
Ayriliq azobin kuyganlar tuyar.
Endi kim erkalab, endi kim suyar,
Boshingizni silab axir, bolajon?
Qismatimiz buncha taxir, bolajon? (x2)

Hey, umr oqib ketar ekan tez kunda, hey,
Farzand katta bo`lar ekan bir zumda, hey,
Tushunmas ekansiz ularni,
Unda bir eslang yoshlik davrni,
Saqlang oqibatni! (x2)

Boshimda tuhmatlar ham chunon bo`ldi,
Qasam ichdim, qo`llarimda non bo`ldi.
Bo`ri og`zi yemasa-da qon bo`ldi!
G`amu-g`ussalarga to`ldim, bolajon,
Gunohsiz gunohkor bo`ldim, bolajon.

Hey, umr oqib ketar ekan tez kunda, hey,
Farzand katta bo`lar ekan bir zumda, hey,
Tushunmas ekansiz ularni,
Unda bir eslang yoshlik davrni,
Saqlang oqibatni! (x2+x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bolajon
Xonanda:
Yulduz Usmonova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 8, 2016