Yulduz Usmonova - Bu bir kam dunyo

Yulduz Usmonova

Bu bir kam dunyo

Bu dunyoning yarmi baxt, yarmi qayg`u,
Bu dunyoning yarmi dard, yarmi kulgu.
Bu dunyoning yarmi chin, yarmi yolg`on,
Bu dunyoning yarmi do`st, yarmi dushmon.

Bu dunyoning yarmi o`ch, yarmi alam,
Bu dunyoning yarmi to`y, yarmi motam.
Ikki yor-da bir butun bo`lolmadik,
Ishqimizga umrlar tilolmadik.

Bu bir kam dunyo bo`lsa,
Tun yarim, kunduz yarim.
Inson butunman desa,
Baxt yarim, omad yarim. (x2)

Hech bo`lmasa baxtim, deb meni alda,
Sochlaringni silashga qo`lim kalta.
Osmonimda oy bo`lib bir to`lmasang,
Men nechun hofiz bo`ldim sen bo`lmasang?

Tilimga bir so`z keldi shu asnoda,
Uchrashamiz ikkimiz u dunyoda.
Bu dunyoning yarmi baxt, yarmi qayg`u,
Bu dunyoning yarmi dard, yarmi kulgu.

Bu bir kam dunyo bo`lsa,
Tun yarim, kunduz yarim.
Inson butunman desa,
Baxt yarim, omad yarim. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bu bir kam dunyo
Xonanda:
Yulduz Usmonova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 12, 2016