Yulduz Usmonova - Duo qilaylik

Yulduz Usmonova

Duo qilaylik

Odam o`ylar yo`lini,
Alloh tutar qo`lini,
Yaxshilikka chog`lasin
Har kim avval ko`nglini.
Ko`zlardan to`kib yoshlar,
Bu ko`ngil bizni turli ko`ylarga boshlar.

Duo qilaylik – baxt tark etmasin,
Duo qilaylik – omad ketmasin bizlardan.
Duo qilaylik – fayz tark etmasin,
Duo qilaylik – iymon ketmasin bizlardan.

Fayzu barokatlar bersin,
Insof-oqibatlar bersin,
Iymon-ijobatlar bersin,
Avval-oxir U.

Hefzu himoyatlar bersin,
Ajru hidoyatlar bersin,
Lutfu inoyatlar bersin,
Yaxshi nom mangu.

Yaxshi-yomon har banda,
Jonimiz mehmon tanda,
Haq qadriga yetmasak,
Hayot yolg`on o`shanda.

Kimdir sahroda yurar,
Kimdir gulzorda,
Har kim taqdirdan ko`rar.

Duo qilaylik – baxt tark etmasin,
Duo qilaylik – omad ketmasin bizlardan.
Duo qilaylik – fayz tark etmasin,
Duo qilaylik – iymon ketmasin bizlardan.

Fayzu barokatlar bersin,
Insof-oqibatlar bersin,
Iymon-ijobatlar bersin,
Avval-oxir U.
Hefzu himoyatlar bersin,
Ajru hidoyatlar bersin,
Lutfu inoyatlar bersin,
Yaxshi nom mangu. (x1+x1)

Qo`l ochib birga,
Dil to`lib nurga,
Duo qilaylik – omad ketmasin bizlardan.

Fayzu barokatlar bersin,
Insof-oqibatlar bersin,
Iymon-ijobatlar bersin,
Avval-oxir U.

Hefzu himoyatlar bersin,
Ajru hidoyatlar bersin,
Lutfu inoyatlar bersin,
Yaxshi nom mangu.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Duo qilaylik
Xonanda:
Yulduz Usmonova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 25, 2016