• Yulduz Usmonova - Ey siz odamlar

    Yulduz Usmonova

    Ey siz odamlar

    Qo’lsiz qoldim berib barmog’im,
    Yonib turar mudom qulog’im,
    Davralarga tortmas oyog’im,
    Essiz odam, ey siz odamlar. (x2)

    Dil gul edi sizga atalgan,
    Goh toptalib, gohi maqtalgan,
    Har bandiga pichoq qadalgan,
    Essiz odam, ey siz odamlar. (x2)

    Essiz odam, ey siz odamlar. (x4)
    Essiz odam, ey siz odamlar…

    Poshnangizdan ko’chirdim muzni,
    Yuragimdan o’chirdim izni,
    Allaqachon kechirdim sizni,
    Essiz odam, ey siz odamlar. (x2)

    Erta bir kun qabrimga kirsam,
    Jannatlarda ohista yursam,
    Jim qolasiz termulib tursam,
    Essiz odam, ey siz odamlar. (x2)

    Essiz odam, ey siz odamlar. (x3)
    Essiz odam, sizga odamlar.

    Essiz odam, ey siz odamlar… eh…