Ey yor, hayotim yo`ldoshi bo`lding,
Bedod ko`rishib, daryoday toshdim.
Uzoq-uzoqlarga sen bilan, yor,
Birga uzilmas zanjir bo`ldik.

Har kun quyoshni birga kutaylik,
Oyga qarab birga sevishaylik.
Olam bizni ko`rib havas qilsin,
Faqat yonimda bo`lgin, ey yor.

Oyga har boqishda seni o`xshatgim kelar,
Quyoshim deb erkalatib, eslarim ketar.
Baxt cho`qqisiga yetaylik,
Zamon tez o`tar, jonim,
Sen ham his qilyapsanmi, ey yor?

Hayot uzun yo`ldir jonim, yoningda bo`lay,
Yomg`ir, qor, bo`ron bo`lsa ham joningda bo`lay.
Sen menga, men esa senga vafodor bo`lsak yorim,
Baxt biz bilan bo`ladi, ey yor.

Ey yor, yuragim sening-la to`la,
Bisyor ekan mehr yuragimda.
So`zlar ojiz sevgim ta’rifiga,
Lek sen his qilyapsanmi, ey yor?

Har kun quyoshni birga kutaylik,
Oyga qarab birga sevishaylik.
Olam bizni ko`rib havas qilsin,
Faqat yonimda bo`lgin, ey yor.

Oyga har boqishda seni o`xshatgim kelar,
Quyoshim deb erkalatib, eslarim ketar.
Baxt cho`qqisiga yetaylik,
Zamon tez o`tar, jonim,
Sen ham his qilyapsanmi, ey yor?

Hayot uzun yo`ldir jonim, yoningda bo`lay,
Yomg`ir, qor, bo`ron bo`lsa ham joningda bo`lay.
Sen menga, men esa senga vafodor bo`lsak yorim,
Baxt biz bilan bo`ladi, ey yor.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ey yor
Xonanda:
Yulduz Usmonova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 21, 2017