Yulduz Usmonova - Gar o'lsam

Yulduz Usmonova

Gar o’lsam

Samodagi yulduzlarga ko`chsam hamki,
Zulmatlarda shamdek yonib, o`chsam hamki,
Olislarda sendan ayro tushsam hamki,
Daryo bo`lib, toshar ko`nglim, toshar ko`nglim,
Yurak sendek urib turar, ona yurtim.

Sen bo`lmasang, bo`larmidim Yulduz bu kun,
Ishqingda qalb yonar kecha-kunduz bu kun,
Chuqur botdi qalbimga bir ildiz bu kun,
Ildizidan uzilsa kim, shaksiz so`lar,
Ildizidan uzilmagan – chinor bo`lar.

Gar o`lsam, beshigimning yopinchig`in topinglar,
Yirtiq-yamoq bo`lsa-da, tobutimga yopinglar.
Ko`rsinlar yig`laganlar, umrim bari xatodir,
Bu dunyoda topganim shu bir parcha matodir.
Shu bir parcha matodir.

Senga tomon talpinarman, yuragim – sen,
Har qadamda panoh menga, keragim – sen.
Qayda bo`lmay, sening bitta bo`lagingman,
Kecholmasman sendan, asl o`zligimsan,
Qora qoshli, qora ko`zli o`zbegimsan.

Men vatanni alishmasman dunyolariga,
Alishmasman Parij, Rim, Amriqolariga.
Tuprog`ingni zarrasidek tillolariga-ey,
Ona yurtim, dildan senga dilbandingman,
Xizmatingga kamarbasta farzandingman.

Gar o`lsam, beshigimning yopinchig`in topinglar,
Juldur-jamoq bo`lsa-da, tobutimga yopinglar.
Ko`rsinlar yig`ilganlar, umrim bari xatodir,
Bu dunyoda topganim shu bir parcha matodir.
Shu bir parcha matodir.

Chiqmay turib shirin joni badanidan,
Kechmas Yulduz o`z elidan, Vatanidan.
Ayro tushmas bulbul ham o`z chamanidan,
Bulbul bo`lib navo qildim bog`laringda.
Garchi qancha alam qoldi zog`laringda,
Alam qoldi zog`laringda.

Gar o`lsam, beshigimning yopinchig`in topinglar,
Yirtiq-yamoq bo`lsa-da, tobutimga yopinglar.
Ko`rsinlar yig`ilganlar, umrim bari xatodir,
Hayotimda topganim shu bir parcha matodir.
Shu bir parcha matodir, umrim bari xatodir,
Shu bir parcha matodir.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Gar o’lsam
Xonanda:
Yulduz Usmonova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 22, 2016