• Yulduz Usmonova – Hech qachon

    Yulduz Usmonova

    Hech qachon

    Yurakka ko`mildi muhabbat,
    Dedingki, endi g`am yemagin.
    Ne desang degin-u, sen faqat
    Hech qachon alvido demagin. (x2)

    Hech qachon, hech qachon,
    Hech qachon alvido demagin. (x2)

    Topishib qaytadi turnalar,
    Ishqilib beparvo kelmagin.
    Bu ko`nglim umiddan tirnalar,
    Hech qachon alvido demagin.

    Ne desang degin-u, sen faqat
    Hech qachon alvido demagin. (x2)
    Hech qachon, hech qachon,
    Hech qachon alvido demagin. (x2)

    Demagin xayrda hayr bor,
    Hech kimni shunchaki sevmagin.
    To urib turarkan dil bedor,
    Hech qachon alvido demagin. (x2)

    Hech qachon, hech qachon,
    Hech qachon alvido demagin. (x4)

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.