Qaro yerga qo`yib bosh,
Bir qizgina uxlaydi.
Ko`zlariga to`lib yosh,
Hur qizgina uxlaydi. (x2)

Yotar qurib darmoni,
Mangu uxlar gulyanoq.
Ko`ngli to`la armoni,
Bag`ri to`la qizg`aldoq. (x2)

Bu dunyoda hech sendek
Qiz yo`q edi, tur, singlim.
O`zing orzu qilgandek
To`y qilamiz, yur, singlim. (x2)

Oy yuzingga bir nafas
Harir ro`mol o`rarsan,
Gul-gul yonib, muqaddas
Chimildiqqa kirarsan. (x4)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Hur qiz
Xonanda:
Yulduz Usmonova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 28, 2016