Yulduz Usmonova - Ikki daraxt

Yulduz Usmonova

Ikki daraxt

Bog` qo`ynida ikki daraxt,
Bir-biriga intizor.
Sen bir daraxt, men bir daraxt,
Yig`lab-yig`lab o`tdik yor. (x2)

Ammo bahor kelganida
Ochilish kerak ekan.
Guli – meva, xazon bo`lib,
Sochilish kerak ekan. (x2)

Shamollarga dilim yordim,
Gulu, yaproq tilida.
Yel kaftida olib kelgan
Har shiviring dilimda. {x2}

Yerga bog`lab qo`yilganman,
Ildizim yer ostida.
Kechalari shovullayman,
Boqib bo`yu-bastingga. (x2)

Ammo yashash kerak ekan,
Ochilmoq kerak ekan.
Guli – meva, xazon to`kib,
Sochilmoq kerak ekan. {x2}

Bog` qo`ynida ikki daraxt,
Bir-biriga intizor.
Sen bir daraxt, men bir daraxt,
O`ksib-o`ksib o`tdik yor.

Bog` qo`ynida ikki daraxt,
Bir-biriga intizor.
Sen bir daraxt, men bir daraxt,
Yig`lab-yig`lab o`tdik yor.

Bog` qo`ynida ikki daraxt…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ikki daraxt
Xonanda:
Yulduz Usmonova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 9, 2016