Ey yor, bu kun
Bulbul kabi faryod qilay senga.
Bu jonim, borlig`im fido senga,
Ishqingda zor-a, qilma ovora, ey yor.

Ey yor, bu tun
Bulbul kabi faryod qilay senga.
Bu jonim, borlig`im fido senga,
Ishqingda zor-a, qilma ovora, ey yor.

Yer-u, osmonlar ko`rsin,
Baland tog`lar so`ylasin,
Hatto bahor kuylasin
Sevishimni.

Yer-u, osmonlar ko`rsin,
Baland tog`lar so`ylasin,
Hatto bahor kuylasin
Yonishimni.

Ey yor, bu kun
Ko`zlarim nuri ila o`ngimdasan.
Isyonchi qalbimning to`ridasan,
Ishqingda zor-a, qilma ovora, ey yor. (x2)

Yer-u, osmonlar ko`rsin,
Baland tog`lar so`ylasin,
Hatto bahor kuylasin
Sevishimni.

Yer-u, osmonlar ko`rsin,
Baland tog`lar so`ylasin,
Hatto bahor kuylasin
Yonishimni.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Iltijo
Xonanda:
Yulduz Usmonova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 11, 2017