• Yulduz Usmonova – Ko'rmadim

    Yulduz Usmonova

    Ko’rmadim

    Bu ko`ngil, bu bosh bilan ne kunlarni ko`rmadim,
    Ko`zda pinhon yosh bilan ne kunlarni ko`rmadim.
    Chorasiz hayron boqib, alamdan dilim yoqib,
    Yostiqqa yoshim oqib, ne kunlarni ko`rmadim.

    Nomimni goh sotdilar, ortimdan tosh otdilar,
    Qonimni ko`p totdilar, ne kunlarni ko`rdim men.
    Nomimni goh sotdilar, ortimdan tosh otdilar,
    Qonimni ko`p totdilar, ne kunlarni ko`rmadim.

    Chak, chak, chak qon bo`ldi yurak,
    Yolg`iz qo`yma, sen menga kerak.
    Chak, chak, chak, menda bir tilak:
    Ishqim mening, faqat sen kerak. (x2)

    Zor bo`lganda panohga yolvorganman Ollohga,
    Qolib savob-gunohga, ne kunlarni ko`rmadim.
    Malol oldim-olmadim, intilishdan tolmadim,
    Bilganimdan qolmadim, ne kunlarni ko`rmadim.

    Qadri go`yo tiyin deb,
    Umrmi yo o`yin deb,
    Odam bo`lmoq qiyin deb,
    Ne kunlarni ko`rmadim. (x2)

    Chak, chak, chak qon bo`ldi yurak,
    Yolg`iz qo`yma, sen menga kerak.
    Chak, chak, chak, menda bir tilak:
    Ishqim mening, faqat sen kerak. (x2)

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.