• Yulduz Usmonova - Ko'rsataman

    Yulduz Usmonova

    Ko’rsataman

    Menga keling ko`nglingizni qoplasa g`am,
    Izlasangiz mehri daryo, dilkash hamdam, (x2)
    Bag`ringiz xun, kiprigingiz bo`lganda nam –

    Ko`rsataman, ko`rsataman, ko`rsataman,
    Sizga oyning chehrasini ko`rsataman!
    O`rgataman, o`rgataman, o`rgataman,
    Yig`lamasdan yashamoqni o`rgataman! (x2)

    Menga keling sizni suygan do`st qolmasa,
    Yurakka nur baxsh etuvchi so`z qolmasa,
    Mehr bilan qaraguvchi ko`z qolmasa –

    Ko`rsataman, ko`rsataman, ko`rsataman,
    Sizga oyning chehrasini ko`rsataman!
    O`rgataman, o`rgataman, o`rgataman,
    Yig`lamasdan yashamoqni o`rgataman!

    Ko`rsataman, ko`rsataman, ko`rsataman,
    Sizga hayot neligini ko`rsataman!
    O`rgataman, o`rgataman, o`rgataman,
    Sizga sevib yashamoqni o`rgataman!