[Obid Asomov]
Kezib olamni, ha jonim,
Kezib olamni, topmadim sendek Layloni,
Layloni, voy, Layloni, Layloni-ya, hay.

La’lixon, La’li, La’lixon,
La’lixon-a, La’lixon. (x2)

La’lixon, hayda qo`yingni boqaman,
Gul labingda pista-bodom chaqaman. (x2)
Gul labingda pista-bodom chaqmasam,
Eshigingda chashma bo`lib oqaman. (x2)

La’lixon, La’li, Laylixon,
La’lixon-a, La’lixon. (x2)

[Yulduz Usmonova]
Cho`pon yo`qmi sendan bo`lak qo`ylarimga?
Pista-bodom nasib qilsin to`ylaringga.
Telba oshiq, halal berma o`ylarimga,
So`z topolmay xunobdirman kuylarimga.
Obid, ey, Majnun o`g`li, baland dorga osilma,
Osilsangda yiqilma-yey.

[Obid Asomov]
La’lixonning bog`i bor, bog`boni yo`q,
La’lixonning dardi bor, darmoni yo`q. (x2)
La’lixon, bog`ingga bog`boning bo`lay,
La’lixon, dardingga darmoning bo`lay. (x2)

La’lixon, La’li, Laylixon,
La’lixon-a, La’lixon. (x2)

[Yulduz Usmonova]
Bog`im katta, bog`bonlikni eplolmaysan,
Dardim bor-u, darmonlikka yaramaysan.
Va’dalaring hammasi yolg`on-yashiq,
Boshqa bog`dan baxting izla, telba oshiq.
Obid, Majnun o`g`li, bahordamas nega kuzda kelding,
Mevasini terganimi?

[Obid Asomov]
La’lixon kelibdi, yoqalab soy bilan,
Qo`lida chinni piyola choy bilan, (x2)
La’lixon, choyingga ulfating bo`lay,
La’lixon, yo`lingga hamrohing bo`lay.

La’lixon, choyingga sheriging bo`lay,
La’lixon, yo`lingga hamrohing bo`lay.

La’lixon, La’li, Laylixon,
La’lixon-a, La’lixon. (x2)

[Yulduz Usmonova]
Sheriklarning ko`pligidan, voy, choy qolmadi,
Hamrohlardan o`zimga ham joy qolmadi.
Men Yulduzman, {x2} eh, sen yerdagi bir devona,
Yetolmasdan kuyib ketma yona-yona.
Obid, ey, Majnun o`g`li, yana bir bor aytaman,
Baland dorga osilma, osilsangda yiqilma-yey.
Yiqilsangda pushaymon yema-yey, voy-ey.

[Obid Asomov]
La’lixon, La’li, Laylixon,
Ha, La’lixon-a, La’lixon.
Voy La’lixon, La’li, Laylixon,
La’lixon-a, La’lixon.

Ey, La’lixon, La’li, Laylixon,
La’lixon-a, La’lixon.
Ha, La’lixon, La’li, Laylixon,
La’lixon-a, La’lixon.

La’lixon, La’li, Laylixon,
La’lixon-a, La’lixon.
Voy La’lixon, La’li, Laylixon,
La’lixon-a, La’lixon.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
La’lixon
Xonanda:
Obid Asomov, Yulduz Usmonova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 29, 2016