• Yulduz Usmonova - Mendan meni so'rama

    Yulduz Usmonova

    Mendan meni so’rama

    Men toshlarning tiliman,
    Men ko`ngilning guliman,
    Bu dunyoning giliman –
    Mendan meni so`rama.

    Tillosi yo`q toy nadur,
    Egilmasa, yoy nadur,
    Suv oqmasa, soy nadur –
    Mendan meni so`rama.

    Kundan tunni so`rama,
    Qo`rdan kulni so`rama,
    Mendan dunyo so`rayver –
    Mendan meni so`rama. (x2)

    Sen yetmagan yo`ldaman,
    Suv kirmagan cho`ldaman,
    Bir maysaman, do`ldaman –
    Mendan meni so`rama.

    To`kilmasam to`lmayman,
    Qor qo`ynida gullayman,
    Men shunchaki o`lmayman –
    Mendan meni so`rama.

    Kundan tunni so`rama,
    Qo`rdan kulni so`rama,
    Mendan dunyo so`rayver –
    Mendan meni so`rama. (x2+x3)