• Sev, jonim, meni sev,
    Kechagi kundan ko`proq sev.
    Kechadan qolgan ma’yuslik
    Keltirmasin g`am.

    Ayt, nima istaysan,
    Nega bunchalar qiynaysan?
    Topilarmi yuragingda
    Go`sha menga ham.

    Uzun-uzun umr yo`llari,
    Qo`rqitmasin seni g`amlari,
    Faqat xayolingda bo`lmoq istayman.
    Endi biz bo`ldik begona,
    Ayt, qayga ketay, qayona?
    Bu oqshom bag`ringda yonmoq istayman.

    Meni sev… Meni sev…

    Boq samoga o`zing,
    Ko`zing bor – ko`rmaysan.
    Xoh ikkiga bo`linmasmi
    To`lin oy?

    Ayt, meni sevarding,
    Sevarmiding garchand?
    Yuragingda topilarmi
    Menga joy?

    Uzun-uzun umr yo`llari,
    Qo`rqitmasin seni g`amlari,
    Faqat xayolingda bo`lmoq istayman.
    Endi biz bo`ldik begona,
    Ayt, qayga ketay, qayona?
    Bu oqshom bag`ringda yonmoq istayman.

    Meni sev… Meni sev… {x2}