Muhabbat bu – yalt etgan nigoh va halovat abad degani,
Muhabbat bu – o’zingni sevmoq va o’zgaga havas degani.
Hayot esa kelar izmidan, hayotingni kezsa tarzimdan,
Muhabbat bu – kuy to’la zindon, atirguldan qafas degani.

Soladi, boshlarga ko’p g’alvani oladi,
Tinching ham halovati qoladi.
Muhabbat tarixlarda, tegmanglar oshiqlarga. (x2)

Subhidamda kuylagan kabutar, esda turmas chiroyli gaplar,
Muhabbat bu – titragan lablar, arz degani, araz degani.
Tarixlarni buzgan qudrati, yorug’likdan uzgan sur’ati,
Muhabbat bu – baxtning surati, baxtning o’zi emas degani.

Soladi, boshlarga ko’p g’alvani oladi,
Tinching ham halovati qoladi.
Muhabbat tarixlarda, tegmanglar oshiqlarga. (x2)

Soladi, boshlarga ko’p g’alvani oladi,
Tinching ham halovati qoladi.
Muhabbat tarixlarda, tegmanglar oshiqlarga. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Muhabbat
Xonanda:
Yulduz Usmonova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 21, 2015