Yulduz Usmonova - Muhabbat yolg'onlari

Yulduz Usmonova

Muhabbat yolg’onlari

Kunday yulduz erdim men,
Yor saylagan, gul suygan.
Oyga sevdim derdim men,
Endi esa dil kuygan. (x2)

Ko’nglimning armonlari,
Muhabbat yolg’onlari. (x2)
Yondiradi, kuydiradi,
Muhabbat yolg’onlari. (x2)

Meni gulga qo’l solib,
Topganim bo’ldi tikon.
Ne-ne ohular qolib,
O’pganim chiqdi ilon. (x2)

Jonimning xazonlari,
Muhabbat yolg’onlari. (x2)
Yondiradi, kuydiradi,
Muhabbat yolg’onlari. (x2)

To’le yordir alamga,
Baxtdan nechun darak yo’q?
Ko’ngil zordir malhamga,
Sevmoq uchun yurak yo’q. (x2)

Jilva qilib qoshimda,
Tag’in aldar dunyolar.
Bilmam mening boshimda,
Yana qanday savdolar.

Ruhimning tug’yonlari,
Muhabbat yolg’onlari.
Qalbimning fig’onlari,
Muhabbat yolg’onlari.

Yondiradi, kuydiradi,
Muhabbat yolg’onlari. (x4+x4)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Muhabbat yolg’onlari
Xonanda:
Yulduz Usmonova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 16, 2015