• Yulduz Usmonova - Musofirlik nonin yeganlar

    Yulduz Usmonova

    Musofirlik nonin yeganlar

    Yuragida ne dard zarbi bor,
    Olis yurtda yurganlar bedor,
    Bo’lsin deya Alloh o’zi yor,
    Yot yurtlarda risqin terganlar –
    Musofirlik nonin yeganlar.

    Qushday uchib asl bog’idan,
    Goho kechib yo’g’u boridan,
    Xavotirda uy-ro’zgo’ridan,
    Jon qadrini shunda bilganlar –
    Musofirlik nonin yeganlar.

    Uzoq-uzoqlarda yurganlar,
    Baxt va omadin izlaganlar,
    O’z xalqidan uzoq bo’lganlar –
    Musofirlik nonin yeganlar.

    Uzoq-uzoqlarda yurganlar,
    Uzoqda yurt qadrin bilganlar,
    Yurar so’nggi pushaymon qadar
    Musofirlik nonin yeganlar.

    Mehnat qilib qahratonda ham,
    Tinim bilmay saratonda ham,
    To’ydim deya qora nonga ham,
    Tishin tishga qo’yib kelganlar –
    Musofirlik nonin yeganlar.

    Har tong yashar orzu-havasda,
    Tashvish tugamas har nafasda,
    Bolam, deya bo’lsa ham xasta,
    To’g’ri yo’l deb xato qilganlar –
    Musofirlik nonin yeganlar.

    Uzoq-uzoqlarda yurganlar,
    Baxt va omadin izlaganlar,
    O’z xalqidan uzoq qolganlar –
    Musofirlik nonin yeganlar.
    Uzoq-uzoqlarda yurganlar,
    Uzoqda yurt qadrin bilganlar,
    Yurar so’nggi pushaymon qadar
    Musofirlik nonin yeganlar. (x3)