Onasini erga berdilar,
Yig`lab-yig`lab qoldi qizaloq.
Yupatmoqchi bo`lib ko`rdilar,
Gapga chechan kishilar biroq.

Yor-yor aytib olib ketdilar,
Qizaloqning bag`rini tilib.
Aravaga solib ketdilar,
O`z onasin unga yot etib.

“Tashlab ketmang onajon meni”,
Deya sho`rlik ortidan chopdi.
Oh, yiqildi, qonadi burni,
Yanog`ida ko`z yoshi qotdi.

Ota ketib singan qanoti,
Hali o`rni bitmagan edi. (x2)
Onasini ham tashladi ketdi,
Yetim to`nin kiymagan edi.

Yetim to`nin kiydi, yo`q chora,
Qizcha buni bilmaydi biroq.
Chimildiqda yor kutar ona,
Aro yo`lda qoldi qizaloq.

Chimildiqda yor kutar ona,
Aro yo`lda qoldi qizaloq…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Norasida
Xonanda:
Yulduz Usmonova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 8, 2017