Yulduz Usmonova - Olib keting qo'shiq matni, lyrics

Yulduz Usmonova

Olib keting

Tinch edi hammayoq, tinch edi har yon,
Titradi go`yoki yer bilan osmon.
Boshimga xastalik tushdi nogahon,
Meni olib keting o`z diyorimga.

Issiq jon deydilar, jon bo`lsa bo`lar,
Payti kelsa, chechak ham sarg`ayar, so`lar.
Kim bilgay paymonang qay yerda to`lar?
Meni olib keting o`z diyorimga.

Meni olib keting o`z diyorimga,
Meni olib keting O`zbekistonga. (x2)

Ginam bor bu yurtning na havosidan,
Mehribon tabibning na davosidan.
Qaytarmang xastaning muddaosidan –
Meni olib keting o`z diyorimga.

Sha’nimga g`ayurlar bir so`z demasin,
Har kim o`zi tortar umr kemasin.
Hech kim mushtoqlik dardin yemasin-ey,
Meni olib keting o`z diyorimga.

Meni olib keting o`z diyorimga,
Meni olib keting o`z vatanimga.
Meni olib keting O`zbekistonga,
Mendan rozi bo`lsinlar O`zbekistonda.

Talpingan diyorim u – O`zbekiston!
Sehrini aytishga bormi hech imkon?
Yo`q! O`zga yurtlarda berolmaysan jon,
Meni olib keting o`z diyorimga.
Meni olib borib qo`yinglar o`z mozorimga…

Meni olib keting o`z diyorimga,
Meni olib keting o`z vatanimga.
Meni olib keting O`zbekistonga,
Mendan rozi bo`lsinlar O`zbekistonda.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Olib keting
Xonanda:
Yulduz Usmonova
Muallif:
Abdulla Oripov
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 31, 2017