Yulduz Usmonova - O'sha-o'sha

Yulduz Usmonova

O’sha-o’sha

Go`zal bog`dan gul axtarma,
Axtarganing men o`sha.
Kamon qoshli yor axtarma,
Vafoliging men o`sha-o`sha.

Biyo yoram, deb yonmagin,
Yoningdagi men o`sha.
Namedonam demagaysan,
Taniganing men o`sha, o`sha-o`sha.

Men sen bilan bu dunyoda
Har tarafga boraman.
Meni sevib umr bog`la,
Eng vafoli yor bo`laman, bo`laman. (x2)

Yuragingda joy bor ekan,
Joy egasi men o`sha.
Olloh bergan taqdiringda
Balki yana men o`sha.

Seni menday hech kim sevmas,
Ko`rmaganing men o`sha.
Kim rashk qilsa qilsin mendan,
Yolg`izingman men o`sha, o`sha-o`sha.

Men sen bilan bu dunyoda
Har tarafga boraman.
Meni sevib umr bog`la,
Eng vafoli yor bo`laman, bo`laman. (x2+x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
O’sha-o’sha
Xonanda:
Yulduz Usmonova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 29, 2016