Yog’ayotgan yomg’ir – ko’z yoshim,
To’lin oydir yolg’iz sirdoshim,
Bir yelka yo’q qo’ymoqqa boshim,
Hijronli tun bo’ldi yo’ldoshim.
Bir yelka yo’q qoymoqqa boshim.

Tangrim bergan baxtdan ko’ngil to’q,
O’zi balki dardsiz inson yo’q,
Qalblarga hijrondan tegar o’q,
Sevishni xohlayman – ishonch yo’q.
Tangrim bergan baxtdan ko’ngil to’q.

Soladi, soladi dilga azoblar,
Qoladi ortimda tunlar, ishoning. (x2)

Ko’ngillarda mehmon muhabbat,
Nega ko’ngil bezovta faqat?
Bahor qaytdi, balki qaytar baxt?
Yashayabman, topaman albat.
O, ko’ngil, sen qarima faqat.

Yog’ayotgan yomg’ir – ko’z yoshim,
To’lin oydir yolg’iz sirdoshim,
Bir yelka yo’q qo’ymoqqa boshim,
Hijronli tun bo’ldi yo’ldoshim.
Bir yelka yo’q qoymoqqa boshim.

Soladi, soladi dilga azoblar,
Qoladi ortimda tunlar, ishoning. (x2)

Soladi, soladi dilga azoblar,
Qoladi ortimda tunlar, ishoning. (x4)
Soladi dilga azoblar. (x3)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Qalb
Xonanda:
Yulduz Usmonova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 29, 2014