Yulduz Usmonova - Qalblarda Vatan qo'shiq matni, lyrics

Yulduz Usmonova

Qalblarda Vatan

Tonglaring shaffof, havolaring biram,
Biram sof Vatanim.
Avjlanadi soz, ruhimda parvoz,
Inkushof Vatanim.

Bir parcha yer-zamin,
Quvonchim, tashvishim
Va bag`ring duri – zamin.
Naysoniy Abrlar,
Xush ifor atirlar,
Yam-yashil adirlar.

Moviy osmon,
Millatlarga Vatan,
Dillarni titratgan,
Baxtim, dardim Vatan. (x2)

Beqiyos chiroy, latofatga boy,
Men topingan joy.
Charog`on osmon, yulduzlarga kon,
Muqaddas Makon.

Bir parcha yer-zamin,
Quvonchim, tashvishim
Va bag`ring duri – zamin.
Naysoniy Abrlar,
Xush ifor atirlar,
Yam-yashil adirlar.

Moviy osmon,
Millatlarga Vatan,
Dillarni titratgan,
Baxtim, dardim Vatan. (x2+x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Qalblarda Vatan
Xonanda:
Yulduz Usmonova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 13, 2018