Yulduz Usmonova - Qaldirg'och

Yulduz Usmonova

Qaldirg’och

Sovchi keldi uyimga,
Onam taxtdir to’yimga.
Chirillamay yo’ldan qoch,
Qaldirg’ochim, qaldirg’och. (x2)

Mensimading, boqmading,
Dilimga o’t yoqmading,
Qo’shni bola qorasoch,
Baland uchgan qaldirg’och. (x2)

Yomg’ir yog’di to’yimda,
Bolaligim uyimda
Yegan edim ko’p qirmoch,
Xayr endi, qaldirg’och. (x2)

Mensimading, boqmading,
Dilimga o’t yoqmading,
Qo’shni bola qorasoch,
Baland uchgan qaldirg’och. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Qaldirg’och
Xonanda:
Yulduz Usmonova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 31, 2015