Yulduz Usmonova - Sen uchun

Yulduz Usmonova

Sen uchun

Kim biladi, nega qor yog`sa yorug bo`lar?
Kim biladi, nega yomg`irlar ezib yog`ar?
Bilmaydi osmonlar sirin,
Nelar bor unda yashirin, yashirin.

Kun kuladi, bahorim yuzini ochadi,
Dil kuladi, ko`ngildagi dog`lar o`chadi.
Bag`rimni tilma tilim-tilim,
Ochilaman man so`lim-so`lim, sen uchun.

So`rasang agar mendan, dili-dili joningman,
Sani-sani yoringman, boringman.
So`rasam agar sendan, mening-mening sevgimsan,
Dona-dona donamsan, dermisan? {x2}

Kim biladi, nega oyda dog` bo`ladi?
Kim biladi, nega ko`k chaqmoq uradi?
Bilmaydilar osmonlar sirin,
Nelar bor unda yashirin, yashirin.

Oqaverar yana umr daryolari,
To`xtamagay bu dunyoning savdolari.
Sog`inaman men seni-seni,
Qiynamagin sen meni-meni bunchalar.

So`rasang agar mendan, dili-dili joningman,
Sani-sani yoringman, boringman.
So`rasam agar sendan, mening-mening sevgimsan,
Dona-dona donamsan, dermisan?
Dona-dona donamsan, dermisan? (x1+x1)

Dona-dona donamsan, dermisan?

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sen uchun
Xonanda:
Yulduz Usmonova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 1, 2016