Yulduz Usmonova - Senga

Yulduz Usmonova

Senga (2012)

Bu ko`zlarim ko`r bo`lmasmi,
Bu tilim ham kuymasmi,
Qalbim kuyib kul bo`lmasmi
Seni bilmasam? (x2)

Senga hali-hali yetmadim,
Lek senga hayotim bag`ishladim.
Senga kuylarimni yozaman,
Senga borlig`imni beraman.

Menga uzun-uzun afsonalar,
Bitmas-tuganmas bu kechalar,
Xayollardan tomgan va’dalar
Beradi umidlar. (x2)

Senga hali-hali yetmadim,
Lek senga hayotim bag`ishladim.
Senga kuylarimni yozaman,
Senga borlig`imni beraman. (x1+x1)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Senga (2012)
Xonanda:
Yulduz Usmonova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 3, 2016