Yulduz Usmonova - Seni deyman

Yulduz Usmonova

Seni deyman

Ko`zlaringni ma’yus ko`rish ne yomon,
Kun chiqishni birga kutaylik omon.
Lek kun botishga vaqt bo`lmadi hamon,
Jufti halolim, yonimda bo`l.

Qorong`u yo`llarda oyday nur sochay,
Ko`ngling g`ash bo`lganda charog`ing bo`lay.
Xastalikda, sog`likda birga bo`lay,
Yo`ldoshim, faqat yonimda bo`l.

Seni deyman faqat, seni deyman,
Seni demasam-o, kimni deyman?
Sevgilim, yolg`izim. (x2)

Uzuk bo`lsang, men yoqut ko`zi bo`lay,
Yomg`ir bo`lsang, men oqar daryo bo`lay,
Olov bo`lsang, tafti otashing bo`lay,
Bog`bonim, faqat yonimda bo`l.

Men sevgi dardida, sen davo bo`lgin,
Men g`azalman, sen unga navo bo`lgin.
Majnun bo`lmasang ham, vafodor bo`lgin,
Kun chiqishda birga bo`ldik, jonginam,
Kun botishda birga bo`lsang bas.

Seni deyman faqat, seni deyman,
Seni demasam-o, kimni deyman?
Sevgilim, yolg`izim.

Seni deyman faqat, seni deyman,
Seni demasam-o, kimni deyman?
Oh, sevgilim, yolg`izim.

Seni deyman faqat, seni deyman,
Seni demasam-o, kimni deyman?
Sevgilim, yolg`izim. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Seni deyman
Xonanda:
Yulduz Usmonova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 18, 2017