Yulduz Usmonova - Seni osmonimga olib ketaman

Yulduz Usmonova

Seni osmonimga olib ketaman

Mening shodligimsan, bolaligimsan,
Mening g’ussam o’zing, mening armonim.
Seni osmonimga olib ketaman,
Yerda bizga kun yo’q, kun yo’qdir, jonim. (x2)

Ket deb haydolmasam netaman,
Kel deb aytolmasam netaman?
Seni osmonimga olib ketaman,
Seni osmonimga olib ketaman.

Xato qildimmikan men erta kelib,
Yo sen adashdingmi kelib keyinmi?
Goho kimliging ham bo’lmaydi bilib,
Inim deymi seni, sevgilim deymi?

Ket deb haydolmasam netaman,
Kel deb aytolmasam netaman?
Seni osmonimga olib ketaman,
Seni osmonimga olib ketaman.

O’ylamay deymanu o’ylamay bo’lmas,
O’tsang sen tomon bir bo’ylamay bo’lmas.
Sen mening hammadan yashirgan sirim,
Mening ertagimsan, so’ylamay bo’lmas. (x2)

Ket deb haydolmasam netaman,
Kel deb aytolmasam netaman?
Seni osmonimga olib ketaman,
Seni osmonimga olib ketaman. (x2+x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Seni osmonimga olib ketaman
Xonanda:
Yulduz Usmonova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 4, 2015