Yulduz Usmonova - Sovchilar

Yulduz Usmonova

Sovchilar

Ko`tarishib tugunlarini,
Kirib keldi uyga sovchilar.
So`zga chechan, avrashga usta,
Biroz ayyor, biroz lofchilar.

Choy ichishgach bir piyoladan,
So`z ochishdi kuyov boladan.
Musichadek beozor, yuvosh,
Tili shirin, zo`r qaynonadan!

Qiz boladir palaxmon toshi,
Men nima ham qila olaman-man-man-man?
Kelin bo`lay, bor alamimni
O`sha bezoridan olaman-man-man-man!

Qiz boladir palaxmon toshi,
Men nima ham qila olaman-man-man-man?
Kelin bo`lay, bor alamimni
O`sha bezoridan olaman!

Usta hunarmand, mulla deyishdi,
G`irt bezori bolalarini.
Obro`sini ro`kach qilishdi
So`ng ammayu xolalarini.

Erkagina jayron edim-a,
Tillo zanjir solib ketishdi.
Aylantirib onam boshini,
Mening boshim bog`lab ketishdi.

Qiz boladir palaxmon toshi,
Men nima ham qila olaman-man-man-man?
Kelin bo`lay, bor alamimni
O`sha bezoridan olaman-man-man-man!

Qiz boladir palaxmon toshi,
Men nima ham qila olaman-man-man-man?
Kelin bo`lay, bor alamimni
O`sha bezoridan olaman!

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sovchilar
Xonanda:
Yulduz Usmonova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 1, 2016