Umr nima? Umr aslida
Bir yumaloq tugmacha yo`l.
Tugmadan sal kattaroq
Yo yana bir nimacha yo`l. (x2)

Beshigimning oldidan
Qabrim oldigacha yo`l,
Men ketarman bir kuni,
Navolarim, zorim qolur. (x2)

Bu uzun hijron yo`lidir,
Bu uzun azob yo`li.
Har sahar kulib chiqib,
Yig`lab botar oftob yo`li.

Kim uchun savob yo`lidir,
Kim uchun gunoh yo`li.
Harnadir, har biriga
Ortimda iqrorim qolur.

Kim uchun gunoh yo`lidur,
Kim uchun savob yo`li.
Harnadir, har biriga
Ortimda iqrorim qolur.

O`zbegim uyida yangrar
Hamma vaqt qo`shiqlarim.
Yod bo`lib aytganlarim,
Har dilda ozorim qolur.

O`zbegim uyida yangrar
Hamma vaqt qo`shiqlarim.
Yod bo`lib aytganlarim,
Elimda alyorim qolur.

Yaxshilik murodi bor har
Dilga men jonim beray,
Yaxshilarga qo`lda boru
Yo`g`u imkonim beray. (x2)

Ko`ngli pok shogirdima
Bulbul bu zabonim beray,
Men ketarman bir kuni,
Zor yig`labon torim qolur. (x2)

Ol, deya bir kun, Egam,
Osmonga uchsa ruhlarim,
Bir ajib moviy diyor –
Qo`ynini quchsa ruhlarim.

Ko`k mening ko`ksim bo`lur,
Yulduzlari anduhlarim.
Gul o`pib, gul yopinib,
Har dilda mozorim qolur. (x2)

O`zbegim uyida yangrar
Hamma vaqt qo`shiqlarim,
Yod bo`lib aytganlarim,
Elimda alyorim qolur. (2x)

La-la-la-la, la-la-la-la-la-la-la… {x4}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Umr nima
Xonanda:
Yulduz Usmonova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 6, 2016