Yulduz Usmonova - Xalq bilan bo'l qo'shiq matni, lyrics

Yulduz Usmonova

Xalq bilan bo’l

O`zbekiston – suyangan tog`ing,
O`zbekiston – ishongan bog`ing,
Uzilmasin yerdan oyog`ing-ey,
Xalq bilan bo`l, xalq ichinda bo`l.

Birlashganning o`zganin qara,
Osmon qadar o`sganin qara,
Birlashmagan to`zganin qara,
Xalq bilan bo`l, xalq ichinda bo`l.

Haq bilan bo`l, xalq ichinda bo`l,
“Olg`a-olg`a” shior bilan bo`l. (x2)

Saboq yo`qdur buyuk tarixday,
Kim sochilib ketdi tariqday?
Daryoga bosh qo`shgan ariqday,
Haq bilan bo`l, xalq ichinda bo`l.

Tashakkur ayt azal taqdirga,
Xalqni bosgin shu keng bag`ringga,
Istiqbolni ko`ramiz birga-yey,
Haq bilan bo`l, xalq ichinda bo`l.

Shaharlaring, dalang u bilan,
Kaftingdagi lolang u bilan,
Kelajaging, bolang u bilan,
Haq bilan bo`l, xalq ichinda bo`l.

Haq bilan bo`l, xalq ichinda bo`l,
“Olg`a-olg`a” shior bilan bo`l. (x4)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Xalq bilan bo’l
Xonanda:
Yulduz Usmonova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 14, 2017