Yulduz Usmonova - Yarashadi (Turkman qiz 3)

Yulduz Usmonova

Yarashadi (Turkman qiz 3)

Marhamat, Oxunjonga, ya’ni do`stim Yago, sizga qaratib javob 3 qo`shig`i. Marhamat!

Bu boshima bu g`alvani kim berdi?
O`zbek qizi Oxundan ne kun ko`rdi?
Bu g`alvani bu boshima kim berdi?
O`zbek qizi Oxundan ne kun ko`rdi?

Mardni emas, nega ojiza ko`rdi?
Kim zo`r endi, mana Oxun bilib qo`y?! (x2)
Uzun ko`ylak yarashadi, ko`rib qo`y.

Turkman, o`zbek aslidaku bir banda,
Oxun dardi bir bor sevmoq ekanda. (x2)
Oltiariqda kutgan turkman ekanda-yey,
Kim zo`r endi, mana Oxun bilib qo`y?! (x2)
Uzun ko`ylak yarashadi, ko`rib qo`y.

Bezovta qalbingga men tosh otdimmu?
Yo uyqungda ham qo`rqitib yubordimmu? (x2)
Tushingni qo`y, o`ngda seni ko`rdimu,
Kim zo`r endi, mana Oxun bilib qo`y?! (x2)
Uzun ko`ylak yarashadi, ko`rib qo`y.

Bu boshima nega sen teng kelasan,
O`zingni bos, nega yurib-yelasan? (x2)
Baribir ham o`zbegimga kelasan,
O`zbek qizi, Oxunjonni ko`rib qo`y. (x2)
Turkman qizga mendan salomlar deb qo`y.

Sovchilikka hali yoshlik qilaman,
Turkmanchamas, men o`zbekcha bilaman. (x2)
Senga kelin so`rab nima qilaman?
Kim zo`r endi, mana Oxun bilib qo`y?! (x2)
Uzun ko`ylak yarashadi, ko`rib qo`y.

Bu boshima nega sen teng kelasan,
O`zingni bos, nega yurib-yelasan? (x2)
Baribir ham o`zbegimga kelasan,
O`zbek qizi, Oxunjonni ko`rib qo`y. (x2)
Turkman qizga nomimdan salom deb qo`y.

O`zbek qizi, Oxunjonni ko`rib qo`y,
Turkman qizga nomimdan salom deb qo`y.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yarashadi (Turkman qiz 3)
Xonanda:
Yulduz Usmonova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 11, 2016