Yulduz Usmonova - Yigit yig'lamasin

Yulduz Usmonova

Yigit yig’lamasin dunyoda

Bog`larda bulbullar yig`lasin mayli,
Sochlari sunbullar yig`lasin mayli. (x2)
Ma’yus majnuntollar yig`lasin mayli,
Yigit yig`lamasin dunyoda. (x2)

Yomg`ir bulut bag`rin so`kar o`sha kun,
Ohorli yoshlarin to`kar o`sha kun. (x2)
Zabardast tog`lar ham cho`kar o`sha kun,
Yigit yig`lamasin dunyoda. (x2)

Yigitning ko`zini nam qilma hayot,
Boshginasin egik ham qilma hayot, (x2)
Ko`rgan kunlarini kam qilma hayot,
Yigit yig`lamasin dunyoda. (x2)

Bir so`zni axtarib yurardim doim,
Shu so`zni men bugun topdim, Xudoyim, (x2)
Bo`lmasin desangiz qiyomat-qoyim,
Yigit yig`lamasin dunyoda. (x2)

Yigit yig`lamasin dunyoda… {x2}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yigit yig’lamasin dunyoda
Xonanda:
Yulduz Usmonova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 9, 2016