Yulduz Usmonova - Yig'lama (Turkman qiz 2)

Yulduz Usmonova

Yig’lama (Turkman qiz 2)

Ey Oxunjon, turkman qiz deb yig`lama,
O`zbek qizning bag`ri-dilin dog`lama. (x2)
O`zbek qiz ham boshidagin ko`radi,
Vaqti kelsa uzun poycha kiyadi. (x2)

Uzun ko`ylak turkman qizga merosdir,
O`zbek qizning qoshu-ko`zi charosdir. (x2)
O`zbek qizga xonatlasi yarashadi,
Turkmanlarning ko`rsa, ko`zi qamashadi.

O`zbek qizga xonatlasi yarashadi,
Turkman og`a ko`rsa, ko`zi qamashadi.

O`zbek qizni uyaltirma, Oxunjon,
Turkman qizga bo`laverma mehribon. (x2)
Turkman qiz ham seni aldab ketadi,
Ohularing Yulduzxonga yetadi.

Turkman qiz ham seni aldab ketadi,
Ohularing o`zbek qizga yetadi.

Shunda sen ham o`z yo`lingga qaytarsan,
Yig`lab-yig`lab xonatlasni eslarsan. (x2)
Sen Oxunjon, turkman qiz deb yig`lama,
Yulduzxonni tan berar deb o`ylama.

Sen Oxunjon, turkman qiz deb yig`lama,
O`zbek qizni tan berar deb o`ylama.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yig’lama (Turkman qiz 2)
Xonanda:
Yulduz Usmonova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 29, 2016