Yulduz Usmonova - Yolg'iz ona yor-yori

Yulduz Usmonova

Yolg’iz ona yor-yori

Biz kutgan gul bugun-erta gul ochyabdi
Ko’rib keting bu oqshom.
U gulga men to’y qlyabman,
To’ylariga kelib-keting bu oqshom. (x2)

Ne kunlarni boshga solib,
Tashlab ketdiz bildirmadim.
Yostig’imga yig’laganim,
Qiynalganim bildirmadim bolamga.

O’zim uchun so’ramayman,
Sizdan uzr tilamayman,
Lek gulimning ko’ngli nozik,
To’ylariga kelib-keting bu oqshom. (x2)

Otang nomard deyolmadim,
Seni sevar degan edim bolamga.
Bir kun qarib qolsa otang
E’zozlarsan degan edim bolamga. (x2)

Har gulning hidi boshqadir,
U xatolar menikidir,
Lek otaning o’rni boshqa,
Gulimizga duo qiling bu oqshom.

O’zim uchun so’ramayman,
Sizdan uzr tilamayman,
Lek gulimning ko’ngli nozik,
To’ylariga kelib-keting bu oqshom. (x2)

Hay-hay o’lan, jon o’lan,
Kelin ketar, yor-yor,
Ota duosiga zor-zor
Yig’lab ketar, yor-yor.

Hay-hay o’lan, jon o’lan,
To’y qilyabman, yor-yor,
Bog’imizdan bog’bon bugun
Gulni uzdi, yor-yor.

Hay-hay o’lan, jon o’lan
O’lanchi qiz, yor-yor,
Qizimizga duoni men
O’zim berdim, yor-yor.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yolg’iz ona yor-yori
Xonanda:
Yulduz Usmonova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 14, 2014