• Yulduz Usmonova - Yursin karvonlar

    Yulduz Usmonova

    Yursin karvonlar

    Laganbardorlar talashib o`rin,
    Bir-birining quritar sho`rin.
    Tentak bermay tentakka to`rin,
    Quritadi tentakning sho`rin.

    San’atkorlar izlashib zo`rin,
    Bir-birining quritar sho`rin.
    Olim topib, olimning g`o`rin, g`o`rasin,
    Kasbdoshining quritar sho`rin.

    Garchi shuncha mag`rur tursa ham,
    Piyolaga egilar choynak.
    Shunday ekan, manmanlik nechun,
    Kibru-havo nimaga kerak?

    Kamtarin bo`l, hatto bir qadam,
    Eh yarim qadam,
    O`tma g`urur ostonasidan.
    Piyolani inson shuning uchun
    O`par doim peshonasidan.

    Karvonlar ko`p, rizqi bo`lakdir,
    Mayli yursin o`sha karvonlar.
    Insonlar ko`p, taqdirlar bo`lak,
    Lek qabrlar boshqa-boshqadir.

    Qassoblarku hammadan burun
    Tanishining quritar sho`rin.
    Shoirlarchi berib qalb qo`rin,
    She’r yozmoqning o`rniga ko`ring.

    O`lmay turib talashib go`rin,
    Bir-birining quritar sho`rin.
    Ahmoq bermay ahmoqqa to`rin,
    Quritadi tentakning sho`rin.

    Garchi shuncha mag`rur tursa ham,
    Piyolaga egilar choynak.
    Shunday ekan, manmanlik nechun,
    Kibru-havo nimaga kerak?

    Kamtarin bo`l, hatto bir qadam, bir qadam,
    O`tma g`urur ostonasidan,
    Piyolani inson shuningchun
    O`par doim peshonasidan.

    Karvonlar ko`p, rizqi bo`lakdir,
    Qo`ying, yursin o`sha karvonlar.
    Insonlar ko`p, taqdirlar bo`lak,
    Lek go`rlari boshqa-boshqadir.

    Karvonlar ko`p, rizqi bo`lakdir,
    Rizqin yesin o`sha karvonlar.
    Insonlar ko`p, taqdirlar bo`lak,
    So`roqlari boshqa-boshqadir.