• Zamir - Buxoro

    Zamir

    Buxoro

    Ko`hna zaminimda, porloq osmonimizga
    Nur taratuvchi shahar.
    Butun olam hayratda, lol qoladi chiroyidan
    Har kecha, har sahar.

    Ko`zlar qarab-qarab to`ymaydi,
    Bizga meros obidalar,
    Mo`jizaviy shahrim o`zing Buxoro.

    Dunyoning har nuqtalaridan
    Yo`qlab kelarlar sayyohlar,
    Mashhursan olam aro.

    Zaminim faxri, mo`jizalar shahri
    Buxoro, Buxoro.
    Yurtimning ko`rki, savlati ulkan
    Buxoro, Buxoro.

    Tushgan quyosh mehri, bor o`zgacha sehri,
    Binolari tarixiy.
    Ulug` bobolarimdan meros qolgan xotira,
    Yashar mangu, abadiy.

    Ko`zlar qarab-qarab to`ymaydi,
    Bizga meros obidalar,
    Mo`jizaviy shahrim o`zing Buxoro.

    Dunyoning har nuqtalaridan
    Yo`qlab kelarlar sayyohlar,
    Mashhursan olam aro.

    Zaminim faxri, mo`jizalar shahri
    Buxoro, Buxoro.
    Yurtimning ko`rki, savlati ulkan
    Buxoro, Buxoro.

    Ko`zlar qarab-qarab to`ymaydi,
    Bizga meros obidalar,
    Mo`jizaviy shahrim o`zing Buxoro.

    Dunyoning har nuqtalaridan
    Yo`qlab kelarlar sayyohlar,
    Mashhursan olam aro.

    Zaminim faxri, mo`jizalar shahri
    Buxoro, Buxoro.
    Yurtimning ko`rki, savlati ulkan
    Buxoro, Buxoro.