Zamir - Dardimga davo

Zamir

Dardimga davo

Yonaman-o, dardim ham uzun,
So’naman-o, holatim mahzun,
Kelmaysan-o, yuragim bejon,
Kutaman-o.

Jonim ado sening dastingdan,
Bag’rim yaro rad javobingdan,
Olam aro nolayu ohlarim
Berar sado.

Nozlari joningdan o’tar ekan,
Zahri bir misoli tikan ekan,
U go’zal nozanin o’jar ekan,
Ayt ne ma’no?

Savolim bejavob qolib ketdi,
Ul go’zal yuragim ezib ketdi,
Bag’rimning dardini yangilib ketdi,
Netaman-o?

Demaysan xo’p, xo’p, xo’p,
Bag’rim yaro ko’p, ko’p, ko’p,
Ozorlari, top, top, top,
Topolmadim-o. (x2)

Kerakmas ortiqcha baqir-chaqir,
Oxiri borib tugadi sabr,
Holatimga boq, tushun axir,
Yonaman-o.

Dardim tobora uzundan-uzun,
Tunlari bedorman, yolg’izim oz’im,
Gapiraverib qolmadi so’zim,
Bo’ldim ado.

Nozlari joningdan o’tar ekan,
Zahri bir misoli tikan ekan,
U go’zal nozanin o’jar ekan,
Ayt ne ma’no?

Savolim bejavob qolib ketdi,
Ul go’zal yuragim ezib ketdi,
Bag’rimning dardini yangilib ketdi,
Netaman-o?

Demaysan xo’p, xo’p, xo’p,
Bag’rim yaro ko’p, ko’p, ko’p,
Ozorlari, top, top, top,
Topolmadim-o. (x2)

(Jonim erkam mani, asalim, erkam mani,
Erkaliging yoqar biram, nozanin erkam mani.
Ey, jonim erkam mani, asalim, erkam mani,
Erkaliging yoqar biram, nozanin erkam mani, hey.)

Demaysan xo’p, xo’p, xo’p,
Bag’rim yaro ko’p, ko’p, ko’p,
Ozorlari, top, top, top,
Topolmadim-o. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Dardimga davo
Xonanda:
Zamir
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 9, 2015