• Zamir - Yoqimtoyim

    Zamir

    Yoqimtoyim

    Bir o’zim bo’linib to’rt taraf,
    Seni izlash mashg’ulotim,
    Janubdamisan yo shimolda?
    Hayron egilib yo’l qarab,
    Mahzun etdi iztirobim,
    Nasib etarmisan menga so’zlari gulobim.

    Sening yoqimli nigohlaringni
    Sog’indim, sog’indim.
    O’sha sehrli qarashlaringni sog’indim,
    E’tibor bilan tingla faryodim.

    Oymomo, jonim bo’l, mayli ko’ray tunda,
    Ay-yay-yay, termulay uxlamay.
    So’zlari shirin, yoqimli yoqimtoyim,
    Oy-yoy-yoy deb shunday erkalay. (x2)

    Bir, ikki, uch, to’rt, besh qadam,
    Diydoringni sog’indim biram,
    Salom demay xayrlashasan.
    Zolim yoringni kechir,
    Sevaverib tinch qo’ymayman,
    So’zim yetarmikan ta’rifingga chirog’im.

    Sening yoqimli nigohlaringni
    Sog’indim, sog’indim.
    O’sha sehrli qarashlaringni sog’indim,
    E’tibor bilan tingla faryodim.

    Oymomo, jonim bo’l, mayli ko’ray tunda,
    Ay-yay-yay, termulay uxlamay.
    So’zlari shirin, yoqimli yoqimtoyim,
    Oy-yoy-yoy deb shunday erkalay. (x2)