Bobolaring ulug` siymo, bolam, alla,
Al-Xorazmiy, Ibn Sino, bolam, alla.
Momolaring Zebuniso, bolam, alla-yo,
Nodiradek aqli raso bolam, alla-yo.

(Alla-yo, alla)
Nodiradek aqli raso bolam, alla-yo.

Temur kabi sarkarda bo`l, bolam, alla,
Bobur kabi aqlga to`l, bolam, alla.
Navoiydek shoir bo`lgin, bolam, alla-yo,
Alpomishdek botir bo`lgin, bolam, alla-yo.

(Alla-yo, alla)
Alpomishdek botir bo`lgin, bolam, alla-yo.

Avlodlaring buyuk bo`lgan,
El-elatga suyuk bo`lgan,
Sen ham elning dilbandisan,
Ona yerning farzandisan, bolam, alla-yo.

(Alla-yo, alla)
Ona yerning farzandisan, bolam, alla-yo. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Alla
Xonanda:
Zamira Suyunova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 24, 2017