Zamira Suyunova – Bu o'sha sado

Zamira Suyunova

Bu o’sha sado

Nogoh sezib qoldim – bu o`sha sado,
Ko`ksim o`rtayotgan o`shal otashdir.
Bugun armonlarga aylangan navo,
Xotir dengizida birga oqar toshdir.

Men sizni jonimda asradim uzoq, {x2}
Ishqning to`rt faslida men tanho kuydim.
Xazonlarga ko`ksin ochganida bog`,
Mavsum ishq kitobin o`qimay qoydim.

Xazonlarga ko`ksin ochganida bog`,
Mavsum ishq kitobin o`qimay qoydim.

Siz meni kechiring, endi hech qachon
O`kinchlar eritmas dildagi muzni. (x2)
Men endi qalbimga chorlashim gumon
Xazonlar ko`ksida titragan kuzni. (x2)

Nogoh sezib qoldim – bu o`sha sado,
Ko`ksim o`rtayotgan o`shal otashdir. {x2}

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bu o’sha sado
Xonanda:
Zamira Suyunova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 16, 2017