Zamira Suyunova – Ko'ngil sandadur

Zamira Suyunova

Ko’ngil sandadur

Tomga xino eksam, o`soman deydi,
Yorga bino qo`ysam, ketoman deydi. (x2)

Ketma yorim, ketma jonim, yiroq-ey,
Gulshanimdan senga gullar teroyin.
O`zim har joydaman, ko`nglim sandadur. {x2}

Voqif ermas kishi sening aslingdin,
Tokim desam taniy sening vaslingdin,
Sening vaslingdin.

Vo darig`, judo bo`ldim vaslingdin, {x2}
O`zim har joydaman, ko`nglim sandadur. {x2}

Yuzlaringdin xijil mohitobonlar,
Raftoringga shaydo jumla yoronlar-o,
Jumla yoronlar.

Qolib har dam o`z ishimga hayronlar, {x2}
O`zim har joydaman, ko`nglim sandadur. {x2}

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ko’ngil sandadur
Xonanda:
Zamira Suyunova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 5, 2017