Oymomo cho`milgan oy buloq,
Oy buloq, ko`nglimni yoy, buloq. (x2)
Kuylagan tilingdan o`rgilay,
Anvoyi kuylarga boy buloq. (x2)

Bu tashna dilim shod qil,
Shod qil hamda obod qil. (x2)
Men aytay dilimning rozini,
Sen uni avaylab yod qil. (x2)

Yod qil, avaylab kuyga sol,
Kuyga sol, kuy bilan dardim ol.
Dardim ol, kuyimni yangratib,
Eshitib, qayrilsin u xiyol. {x2}

U xiyol qayrilsa, bas menga,
Bas menga, u kirsa azmingga.
Nahotki shunchalar suyganim,
Shunchalar kuyganim oz menga.

Nahotki shunchalar suyganim,
Shunchalar kuyganim oz menga. {x3}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Oy buloq
Xonanda:
Zamira Suyunova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 25, 2016