• Zamira Suyunova - Qoshing qarosi balo

    Zamira Suyunova

    Qoshing qarosi balo

    Qoshing qarosi balo, netay men unga shaydo, (x2)
    Arzi holimni yetkur chamanda esgan sabo. (x2)
    Hay, chamanda esgan sabo.

    Borib ayting to’rg’aylar, ul yigit kimni poylar,
    Mendek kuyganmi Layli, shuncha yil, shuncha oylar?

    Chertma yurak torimni-ey, elga yoyma zorimni,
    Tushimda ham ko’rmayman-o yurakdagi yorimni.
    Hey, yurakdagi yorimni-yey.

    Qoshing qarosi balo-ya, netay men unga shaydo, (x2)
    Arzi holimni yetkur chamanda esgan sabo. (x2)
    Hey, chamanda esgan sabo.

    Osmondagi bo’z to’rg’ay, bo’zlamasang na bo’lg’ay,
    Azizgina jonimni qiynamasang na bo’lg’ay?

    Qaldirg’och qaro ekan-ey, qanoti alo ekan,
    Yoshlikda bergan ko’ngul-ey, ayrilmas balo ekan.
    Hey, ayrilmas balo ekan-ey.

    Qoshing qarosi balo-ya, netay men unga shaydo, (x2)
    Arzi holimni yetkur chamanda esgan sabo. (x2)
    Hey, chamanda esgan sabo, hey, chamanda esgan sabo.