Boshing olib ketsang uzoq yerlara,
Yo`l boshida qolgan yoring unutma.
Sayron etsang safsar, sumbul gullara,
Ishqda kuygan telba holing unutma.

Bo`yiga qo`shmagin mushki anbara,
Navannas etmagin ko`zdan umidim.
Ko`zing tushsa mendan o`zga dilbara,
Dol qomatli bu dildoring unutma.

Ko`zing tushsa mendan o`zga dilbara,
Dol qomatli bu dildoring unutma.

Sen ketsang, qolurman men bunda yig`lab,
Ayriliq o`tina bag`rimni dog`lab.
O`zga bir dilbara ko`nglingni bog`lab,
Ko`ngli senga bog`liq yoring unutma.

O`zga bir dilbara ko`nglingni bog`lab,
Ko`ngli senga bog`liq yoring unutma.

Xokistaram oshiq bo`ldim gavhara,
Ishqing o`ti soldi sansiz ming yera.
Yusufi o`zingni solding bozora,
Zulayhodek xaridoring unutma.

Majnun kabi bo`ldim bunda devona,
Men Layliman, boshim soldim maydona.
Zuhra bilan sursang davru-davrona,
Mohim otlig` senga zoring unutma.

Zuhra bilan sursang davru-davrona,
Mohim otlig` senga zoring unutma.

Yo`l boshida qolgan zoring unutma…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Unutma
Xonanda:
Zamira Suyunova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 15, 2017