• Alvido, mening sevgim,
    Manzilga yetmay yo’llar.
    Alvido mening sevgim,
    Tugadi go’zal yillar.

    Alvido mening sevgim,
    Ishondik gumonlarga.
    Alvido mening sevgim,
    Salom ber armonlarga.

    Meni kechir, men seni kechirdim,
    Eslamagin, men yoddan o’chirdim.
    O’z-o’zimga qasamlar ichirdim –
    To yuragim urar sevmayman. (x2)

    Meni kechir, meni kechir, (x2)
    To yuragim urar sevmayman. (x2)
    Bunday bo’lishini kutmagandim,
    Birga bo’lamiz deb o’ylagandim.

    Sen u yon, men bu yon,
    Sevgimizni zanjirband etdi armon.
    Ko’zyosh, bardosh, muzlab qolgan quyosh,
    Ortga qaytmas yo’llar.
    Endi qaytmas yillar,
    Bu bizning sevgimiz edi.

    Alvido mening sevgim,
    Ishondik gumonlarga.
    Alvido mening sevgim,
    Salom ber armonlarga.

    Meni kechir, men seni kechirdim,
    Eslamagin, men yoddan o’chirdim.
    O’z-o’zimga qasamlar ichirdim –
    To yuragim urar sevmayman. (x2)

    Meni kechir, meni kechir, (x2)
    To yuragim urar sevmayman. (x2)

    Meni kechir, meni kechir.

    Ko’zyosh, bardosh, muzlab qolgan quyosh,
    Ortga qaytmas yo’llar.
    Endi qaytmas yillar,
    Bu bizning sevgimiz edi.