• Ziyoda - Asalim

    Ziyoda

    Asalim

    Yonaman ishqingda, tursam-da qarshingda,
    Ko’zlarimni tortar ko’zlaring.
    Sening vaslingga ketgandi bu ishqim,
    Vaslingga, yor, devonaman.

    Lazzatu ishqqa parvoyim yo’q,
    Deb o’zimni ishontirardim.
    Sening bu ko’yingda
    Beg’ubor dilim yondi, jonim, yondi.

    Qani, maning asalim,
    Qani, maning shakarim,
    Qani, mani diydoringga to’ydirgin! (x2)

    Birga kezganda ko’cha,
    Havas qiladi necha,
    Bizning go’zal sevgimizga.
    To’ldirib dunyoni baxtga,
    Vafo qilaylik ahdga,
    Umr tilab sevgimizga.

    Ko’zlaringga qarasam dilim yonar,
    Ikkimizni bu yo’l qay tomon oborar?

    Qani, maning asalim,
    Qani, maning shakarim,
    Qani, mani diydoringga to’ydirgin! (x2)

    Qani, maning asalim,
    Qani, mani diydoringga to’ydirgin! (x2)

    Qani, maning asalim,
    Qani, maning shakarim,
    Qani, mani diydoringga to’ydirgin! (x2)